Ustad imran xon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ustad imran xon (1936, Kal kutta) — sozanda (sitar, surbahar), xonanda; 20-asr hind mumtoz musiqa madaniyatining yirik vakili. Mashhur (16-asrda Akbarshoh davrida asos solingan) musiqachilar sulolasi vakili. Ashulachilikni onasi Bashiran Begim xamda bobosi Us t ad Bandex Hasan Xonlardan, sitor ijrochilik sirlarini otasi Us t ad Inayat Xon va akasi Vilayat Xondan oʻrgangan. Yoshligidan xayal (hind mumtoz lirik ashula) ijrochisi sifatida tanilgan. Keyinchalik sitor ijrochiligiga xonandalikka oid boy ohang bezaklari, tovush chiqarish usullarini singdirib, oʻzining yangi uslubini kashf etgan. 1956-yildan akasi Vilayat Xon bilan birgalikda oʻzining mukammal ijro va badiha mahorati, virtuoz texnikasini Yevropa va boshqa mamlakatlarda namoyish qilgan. 1963-yildan Yevropa va AQSH Un-t va kollejlarida dare va maʼruzali konsertlar bergan. Eng nufuzli Hindiston va xalqaro (Edinburg, Berlin, Gonkong, Tokio, Vashington, Parij, Moskva, London va boshqalar) musiqa festivallarining doimiy qatnashchisi. Ijrolari 100 ga yaqin gramplastinka va kompakt diskga yozilgan. Bir necha kinofilmlarga musika yozishda ijrochi sifatida qatnashgan. Hindiston hukumati tomonidan eng oliy "Sangit Natak akademiya" mukofoti bilan takdirlangan (1988).