Urusxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Urusxon (? 14-asr ning 70-yillari 2yarmi) — Joʻeki ulusittg sharqiy qismi — Oq Oʻrda xoni (14-asrning 60-yillari birinchi yarmidan). U. davlatining poytaxti Sigʻnoq sh. boʻlgan. U. Oq Oʻrdadagi hokimiyatini mustahkamlab olgach, Oltin Oʻrdani xam oʻz tasarrufiga kiritishga harakat qilgan. 70-yillar oʻrtalarida u Hojitarxon, VolgaKama Bulgʻoriyasi va Saroy Berka shahrini egallagan. Toʻxtamish bilan koʻplab janglar qilgan. Bu janglarda gʻalaba doim U. tomonida boʻlgan. Toʻxtamish Amir Temur huzuriga qochib borib, undan yordam soʻragan. Sohibqiron Joʻji ulusida boʻlib oʻtayotgan voqealarni ziyraklik bilan kuzatib borardi. Shim. Xorazm va Oq Oʻrda Movarounnahrga chegaradosh edi. U Oltin Oʻrda xoni oʻziga tarafkash, tobe boʻlishini istardi. Shu tufayli u Toʻxtamishni yaxshi kutib olib U.ga qarshi kurashida unga bir necha marta harbiy madad bergan. Biroq U.ning oʻgʻli Toʻxtaqiya Toʻxtamishga qaqshatqich zarba bergan, yarador Toʻxtamish Sirdaryo boʻyidagi qamishzorlarga yashiringan, soʻngra Sohibqiron panohiga qochib borgan. U. Amir Temurning Buxorodagi qarorgohiga elchilar yuborib Toʻxtamishni topshirishni talab qilgan. Sohibqiron bu taklifni qatʼiy rad etib, tez orada oʻzi jangga kirishini aytgan. Amir Temur U.ga qarshi yurish boshlagan, qoʻshinni Sirdaryodan oʻtkazib, Oʻtror atrofidagi tekislikda qarorgoh qurgan. U. qoʻshini esa, Sharafuddin Ali Yazdiyning maʼlumotiga koʻra, Oʻtrordan 24 farsax naridagi Sigʻnoqda joylashgan edi. Qattiq qish, tinimsiz yomgʻir va qor har ikki qoʻshin faoliyatiga taʼsir koʻrsatgan. Ular mayda toʻqnashuvlarni hisobga olmaganda, deyarli uch oy birbirlariga qarshilik koʻrsatmasdan roʻbaroʻ turganlar. Har ikki sarkarda hech bir natijaga erisholmagach, ortlariga qaytishgan. Shundan soʻng Amir Temur bir necha oy Keshda boʻlgan va U.ga qarshi yurish boshlash uchun oʻziga Toʻxtamishni yoʻlboshlovchi qilib olgan. Jayronqamishga yetganlarida U.ning vafot etganidan xabar topishgan. U.ning toʻngʻich oʻgʻli Toʻxtaqiya ham koʻp oʻtmay (1375) vafot etgan. Sohibqiron Toʻxtamishga kerakli aslahalarni berib, uni shu yerda qoldirib, oʻzi Samarqandga qaytgan.

U. davrida Oq Oʻrdada suyurgʻol inʼom etish keng amaliyotda boʻlgan. U. vafotidan soʻng va uning vorislarining qisqa muddatli hukmronligidan keyin U.ning barcha yermulklarini Toʻxtamish Amir Temur yordamida egallab olgan (14-asrning 70-yillari oxiri).

Adabiyot[tahrir]

  • Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T., 1997; Abduraimov M., Temur va Toʻxtamish, T., 2000.