Urushning ayoldan yiroq qiyofasi (teleserial)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Urushning ayoldan yiroq qiyofasi
У войны не женское лицо
Rejissyor(lar) Viktor Nikiforovich Dashuk
Ssenariynavis(lar)

Svetlana Aleksandrovna Alekseyevich

Viktor Nikiforovich Dashuk
Qaysi asarga
asoslangan
Svetlana Alekseyevich asari asosida
Studiya(lar) hujjatli filmlar studiyasi „Blorusfilm“
Chiqarilgan sanasi 1981—1984-yillar
Davomiyligi 123 minutlar atrofida
Mamlakat SSSR
Til ruscha

Urushning ayoldan yiroq qiyofasi“ – yetti qismdan iborat hujjatli teleserial. 1981—1984 yillarda rejissyor Viktor Dashuk va adabiyot boʻyicha 2015-yilgi Nobel mukofoti sovrindori Svetlana Aleksiyevich ssenariysi asosida „Letopis“ studiyasida suratga olingan „Belarusfilm“ mahsuloti.

Film taxminan 10-25 daqiqalik yettita qisqa epizodda Ulugʻ Vatan urushi davridagi ayollar taqdirini tasvirlaydi. Film Svetlana Aleksiyevich bilan urush qatnashchi ayollari orasidagi boʻlib oʻtgan suhbatlarining 500 ga yaqin lenta yozuvlariga asoslangan boʻlib, keyinchalik bu uning shu nomdagi kitobi uchun asos boʻldi[1] . Oq-qora televizion filmlar Ulugʻ Vatan urushi haqidagi hujjatli kadrlarni urushda qatnashgan film qahramonlarining nutqlari bilan aralashtirib yuboradi.

Film quyidagi qismlardan iborat:

Seriya raqami. Epizod nomi Chiqarilgan Davomiyligi
1 Bu men emasdim… 1981-yil 19:43
2 Men otishni xohladim 1982-yil 16:25
3 Tumanli tong 1982-yil 24:43
4 Men sizni uchratdim 1982-yil 9:54
5 Agar qiz tugʻilsa 1983-yil 19:47
6 Oʻshanda yigʻlamadim 1984-yil 13:44
7 Mehr 1984-yil 19:09

V. N. Dashuk „Men olov qishlogʻidanman“ va „Urushning ayoldan yiroq qiyofasi“ hujjatli filmlari uchun 1985-yil SSSR Davlat mukofotiga sazovor boʻlgan. Qolaversa, Leyptsigdagi xalqaro hujjatli va animatsion filmlar festivalida „Kumush kabutar“ (1983) hamda Findling mukofoti (1983, Sharqiy Germaniya)[2] taqdirlangan.

Belaruslik yozuvchi va front askari Vasil Bikov urushda qatnashmagan avlodning harbiy mavzuga yondashuviga misol sifatida Svetlana Aleksievich va Viktor Dashukning asarlarini keltiradi. „Halol, rostini aytganda, hech qanday kamchiliklarsiz va boʻrttirishlarsiz hamda oxirgi urush ularning ogʻir hayotiga va abadiy taqdiriga aylangan odamlarning qilmishlari va soʻzlariga hurmat bilan yozilgan“ – deya taʼrif beradi V.Bikov[3].

Svetlana Aleksievichning xuddi shu nomdagi kitobi 1984-yilda nashr etilgan..

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ernst Schumacher, Sinn und Form, No. 6/1984, pp 1320-1329.
  2. Wieland Becker und Volker Petzold: Tarkowski trifft King Kong – Geschichte der Filmklubbewegung der DDR. VISTAS, Berlin 2001
  3. Собрание сочинений в четырех томах, 1986.