Urushning ayoldan yiroq qiyofasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Urushning ayoldan yiroq qiyofasi
Asl nomi У войны не женское лицо
Muallif(lar) Svetlana Aleksandrovna Aleksiyevich
Muharrir(lar) B. Xudoyorova
Tarjimon(lar) Feruza Musayeva
Til ruscha
Janr(lar)i hujjatli-ocherk
Nashr etilgan sanasi 1985
Nashriyot Oʻzbekiston
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2018 (ikkinchi nashri)
Sahifalar soni 385 bet
ISBN ISBN 978-9943-28-716-7

Urushning ayoldan yiroq qiyofasi (ruscha: У войны не женское лицо) — belarus yozuvchisi, 2015-yilda Nobel mukofoti sovrindori boʻlgan Svetlana Aleksiyevichning hujjatli-ocherk janridagi kitobi. Bu kitobda 2-jahon urushida qatnashgan ayollarning hikoyalari jamlangan. Kitob nomi belarus yozuvchisi Ales Adamovichning „Tom ostidagi urush“ („Voyna pod krishami“ 1960) asarining 1-qatoridan olingan. „Utopiya ovozlari“ („Golosa utopii“) badiiy-hujjatli siklning birinchi qismini tashkil qiladi.

Nashr qilinish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asar 1983-yil yozilgan, birinchi marta 1984-yil boshida „Oktabr“ jurnalida, bir necha boblari „Nyoman“ („Nyoman“) jurnallarida nashr etilgan. Senzura sababli bir necha hikoyalar senzorlar tomonidan muallifni sovet ayolining qahramonona qiyofasini bulgʻash, pasifizm, naturalizmda ayblab kesib tashlangan. Keyingi nashrlarda bu kesilgan qismlar tiklangan.[1][2]

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Urushning ayoldan yiroq qiyofasi“ asari uchun muallif bir necha mukofotlarga sazovor boʻlgan:

  • SSSR yozuvchilar uyushmasining Nikolay Ostrovskoy nomidagi adabiy mukofoti (1984)
  • „Oktabr“ jurnali mukofoti (1984)
  • SSSR yozuvchilar uyushmasining Konstantin Fedim nomidagi adabiy mukofoti (1985)
  • Lenin komsomol mukofoti (1986)
  • Angelus Oʻrta Yevropa adabiy mukofoti (2011)[3]
  • Rishard Kapushinskiy nomidagi mukofot (2011)[4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. arxiv nusxasi (PDF), 2015-10-15da asl nusxadan (PDF) arxivlandi, qaraldi: 2021-01-26
  2. arxiv nusxasi, 2015-12-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-01-26
  3. http://www.polskieradio.pl/75/921/Artykul/492445,Bialoruska-pisarka-zdobyla-nagrode-Angelusa
  4. http://www.press.pl/imprezy/pokaz/2036,Nagroda-im_-Ryszarda-Kapuscinskiego