Urush qurbonlari bo‘lgan Kerch bolalariga yodgorlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Urush qurbonlari boʻlgan Kerch bolalariga yodgorlik — Kerchdagi Ulugʻ Vatan urushi qurbonlari boʻlgan bolalar uchun monument[1].

Yodgorlik shaharning eng markazida, „Mir“ xiyobonidagi Lenin maydonida (Mangu olov yoqilgan Shon-sharaf bogʻi yonida)[2] joylashgan va 2003-yil 30-dekabrda ochilgan. Uning mualliflari Kerchning bosh meʼmori A. A. Salnikov va haykaltarosh G. I. Husid[3].

Yodgorlik urush yillarida ogʻir kunlarni boshidan kechirgan bolalarga hurmat va xotiradir. Uning ochilishi 1941/1942-yillar qishida Kerch-Feodosiya desant operatsiyasi ishtirokchilarining qahramonligi va jasorati nishonlangan navbatdagi yubileyga bagʻishlandi[4]. Dumaloq qizil granit poydevorida joylashgan bronza haykaltaroshlik kompozitsiyasi hayotlari fojiali harbiy voqealarga aylangan bolalar va ularning onalari timsoli boʻlib, motamsaro ona va uning pinjiga kirgan bolani ifodalaydi.

Har yili yodgorlik yonida turli harbiy-vatanparvarlik aksiyalari oʻtkaziladi, undan koʻzlangan maqsad odamlarni oʻz mamlakati tarixi bilan yaqindan tanishtirishdir[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Памятники Крыма − Памятник детям Керчи — жертвам войны“. 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
  2. „Памятник детям Керчи — жертвам войны 1941—1945 гг. (Керчь)“. 2020-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
  3. Данный географический объект расположен на территории Крымского полуострова, бо́льшая часть которого является объектом территориальных разногласий между Россией, контролирующей спорную территорию, и Украиной, в пределах признанных большинством государств — членов ООН границ которой спорная территория находится. Согласно федеративному устройству России, на спорной территории Крыма располагаются субъекты Российской Федерации — Республика Крым и город федерального значения Севастополь. Согласно административному делению Украины, на спорной территории Крыма располагаются регионы Украины — Автономная Республика Крым и город со специальным статусом Севастополь.
  4. „Памятник детям — жертвам Великой Отечественной войны“. 2020-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.
  5. „К памятнику погибшим детям войны керчане возложили цветы“. 2020-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]