Urugvaylar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Urugvaylar (oʻzlarini uruguayo deb atashadi) — xalq. Urugvayning asosiy aholisi (2,7 mln. kishi). Umumiy soni 2,83 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Ispan tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, katoliklar. U., asosan, 16—18-asrlardagi ispan kolonistlari avlodi. 19-asr oʻrtalaridan Yevropadan, asosan, ispanlar, italyanlar va fransuzlar koʻchib kelishgan. Tub joy aholiga mansub indeyslarning charrua va boshqa qabilalari 19-asr boshlarida qirib tashlangan. Asosiy mashgʻuloti — chorvachilik; bir kismi oziq-ovqat va toʻqimachilik sanoatida band.