Urugʻshunoslik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Urugʻshunoslik - urugʻlar toʻgʻrisidagi fan, urugʻchilikning nazariy asosi; agronomiyaning bir boʻlimi. Ekinlar urugʻlarining tuzilishi va rivojlanishini, urugʻlik materialni baholash va uni nazoratdan oʻtkazish usullarini ham ishlab chiqadi. Yovvoyi flora urugʻlarini oʻrganadigan botanik U. (karpologiya) va madaniy flora va unga yoʻldosh boʻlgan begona oʻtlar U.gi yoki agronomik U.ga boʻlinadi. U. botanika, biokimyo, genetika va boshqa fanlar bilan bogʻliq. U. boʻyicha yaratilgan birinchi muhim asar nemis botanigi F. Nobbening 1876 yilda eʼlon qilingan kitobi hisoblanadi.

Oʻrta Osiyoda U. Toshkentda Turkiston seleksiya st-yasi tashkil etilgan vaqtdan (1922) boshlab rivojlana boshladi. U. va urugʻchilik nazorati ishi birinchi marta shu muassasada mustaqil fan sifatida rivojlandi. A.I. Avtonomov, M.M. Bushuyev, G.S. Zaysev, F.M. Mauyer, I.A. Rodimsev, X. Raximov, S. Muhammadjonov, R. Rudenko va boshqa U. fani rivojiga katta hissa qoʻshdilar.

U. urugʻlik ekin maydonlarida aprobatsiya oʻtkazish, urutlarni saralash, zararkunandalardan saqlash, urugʻlik sifatini anikdash, unuvchanlik qobiliyatini oshirish va boshqalarni oʻrganadi. U.ning asosiy yoʻnalishlari: urugʻlarning hrsildorlik sifatlarini, ularning biologiyasini oʻrganish, urugʻlikni tahlil qilish usullarini ishlab chiqish (yana q. Davlat urugʻchilik nazorati).

Adabiyot[tahrir]

  • Yigitaliyev M., Muhammadjonov S, Dala ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi, T., 1981.