Urugʻchilik xoʻjaligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Urugʻchilik xoʻjaligi - rayonlashtirilgan ekinlarning yuqori sifatli navdor urugʻlarini yetishtiradigan va viloyatlar yoki zonalar xoʻjaliklarini urugʻlik bilan taʼminlaydigan maxsus xoʻjaliklar va i.t. muassasalarining tajriba xoʻjaliklari. Yangi nav urugʻini dastlabki koʻraytirish elita xoʻjaliklari va r-nlashtirilgan navlar urugʻini yetishtiruvchi xoʻjaliklarga boʻlinadi. Urugʻchilik xoʻjaligi navli urugʻlarni i.t. intlaridan olingan elita yoki superelita urugʻlardan koʻpaytiradi va xoʻjaliklarga I va keyingi reproduksiya urugʻlari yetkazib beradi. Mas, Oʻzbekistonda paxtachilik sohasida 80 ga yaqin, shu jumladan, Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi i.t. intida yaratilgan navlar boʻyicha 41 ta elita xoʻjaliklarida 1 va keyingi reproduksiyali urugʻlar koʻpaytiriladi (2001). Har bir elita Urugʻchilik xoʻjaligi 40—50 ming ga, yirik xoʻjaliklar esa 100—200 ming ga paxta maydonini 1 reproduksiyali urugʻlar bilan taʼminlaydi.