Qochirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Urug'lantirishdan yoʻnaltirildi)

Qochirish, urugʻlantirish — urgʻochi chorva mollarini urchitish usuli; urgʻochi mollarni erkaklari bilan tabiiy yoki sunʼiy juftlashishi urugʻlantirish. Urgʻochi mollarni Q. ularning optimal jinsiy siklida amalga oshiriladi (qarang Kuyikish), jumladan, sigirlarda yil davomida tuqqanidan keyin jinsiy siklning birinchi (18 — 30 kundan soʻng) yoki ikkinchi (60—80 kundan soʻng) bosqichida oʻtkaziladi. Qoʻy, echki, yilqi, tuya, goʻshtdor zotli qoramollar mavsumiy — qoʻy-echkilar oktabr-noyabr oylarida, ot, tuya, goʻshtdor zotli qoramollar bahoryoz oylarida qochiriladi. Choʻchqalarda Q. yil davomida oʻtkaziladi. Q. tuxum hujayrani otalantirish bilan yakunlanadi.

Hayvonlar, asosan, erkin sharoitda (erkak va urgʻochi mollar yaylovda otar yoki qoʻtonda birga boqilganda) hamda stanokda va sunʼiy usulda (er-kak va urgʻochi mollar bir-biridan ajratib boqilganda) qochiriladi. Sta-nokda va sunʼiy usulda Q. rejali nazorat ostida erkak moldan nasl olishda foydalanish, yil davomida nasl olish vaqtini tartibga solish hamda hayvonlarni tanlash imkonini beradi. Qoramolchilik, qoʻychilik, echkichiliksh Q.ning eng samarali usuli sunʼiy qochirish hisoblanadi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]