Urgut tamaki fabrikasi
Qiyofa
Urgut tamaki fabrikasi - tamaki sanoati korxonasi, quritilgan tamaki barglarini fermentatsiyalaydi. Samarqand viloyati Urgut shahrida joylashgan. 1978-yilda kurilgan. 1994-yildan "OʻzBAT aksiyadorlik jamiyati" Uzbekistan— Buyuk Britaniya qoʻshma korxonasi tarkibida. 1994—2003-yillarda fabrika rekonsgruksiyasi uchun 25 mln. AQSH dollari investitsiya qilindi. Bir yilda 15 000 t tamaki bargini qayta ishlash kuvvatiga ega. fabrikada eng zamonaviy texnologiyalar oʻrnatilgan. Samarqand sigaretfkasiga xom ashyo yetkazib beradi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |