Urganchyogʻ aksiyadorlik jamiyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"URGANCHYOGʻ" AKSIYADORLIK JAMIYATI — oziq-ovqat sanoatining yirik korxonasi. "Yogʻmoytamakisanoat" uyushmasi tarkibiga kiradi. Rafinatsiyalangan paxta va boshqa oʻsimlik yogʻlari, xoʻjalik sovuni, alif, kunjara, shrot va boshqa maqsulotlar ishlab chiqaradi.

Korxona dastlab 1889 y. dek.da Yangi Urganch shahrida paxta—yogʻ zavodi tarzida ishga tushirilgan. 1910 yilda germaniyalik ishbilarmonlar tomonidan sotib olingan va i.ch. binolari yangidan qurilib, xorijiy dastgohlar urnatilgan. 1969 yilda Urganch shahrining sanoatchilar hududida sutkalik quvvati 720 tonna chigitni qayta ishlaydigan, oʻsimliklarning yogʻli urugʻlarini qayta ishlashning toʻliq tizimi (ekstraksiya, forpress, rafinatsiyalash, dezodoratsiyalash, qadoqlash sexlari)ga ega boʻlgan yangi "Urganch yogʻ ekstraksiya zavodi" qurilishi boshlandi va korxona 1977 yilda ishga tushirildi. 1983 yilda uning quvvati bir sutkada 800 t chigitni qayta ishlashga yetkazildi. 1981 yildan xoʻjalik sovuni i.ch. sexi ishga tushirildi. 1985 yilda quritish uskunasining 2tizimi qurildi va xujalik sovuni ishlab chikaradigan kuvvatlari yiliga 14,0 ming t ga yetkaziddi. 1996 yilda Rossiyadan keltirilgan xom yog kislotalarini rektifikatsiyalash texnologiya tizimi oʻrnatildi. 2002 yildan paxta va soya yogʻi asosida kurilishda ishlatiladigan alif ishlab chikariladi. 1994 yildan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, 2003 yildan Shveysariyaning "Plod oyl LTD" kompaniyasining investitsiyasi ishtirokidagi ochiq aksiyadorlik jamiyati.

Korxonada 56 ming t chigit, 11,3 ming t soya doni qayta ishlanib 8600 t rafinatsiyalangan paxta yogʻi, 1777 t soya yogʻi ishlab chiqarildi, 6410 t xoʻjalik sovuni, 132 t alif mahsuloti tayyorlandi. Chet ellarga paxta shrotini eksport qiladi (2003) (ya na q. Yogʻmoy sanoati).