Urbanizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Urbanizm (lot. urbs — shahar) — 1) sanʼat vaadabiyotda — yirik shaharlarning va shahar hayotining tasviri, tavsifi; 2) meʼmorlikda — 20-asr shaharsozligida yuzaga kelgan oqim, yunalish. Bu oqim tarafdorlari shaharlarni yiriklashtirishga chaqirdilar: bu esa shaharlarda koʻp qavatli baland va katta imoratlarning tigʻiz, jadal qurilishiga, aholining normal yashash sharoitidan mahrum qilishga olib keldi. U. nazariyasi qaror topishida va, ayniqsa, 20-asrning 20-yillariga kelib tez surʼatda rivojlanishiga Le Korbyuzye faoliyati taʼsiri kuchli boʻldi. U. tushunchasi koʻpincha shahar qurilishi sinonimi maʼnosida ham qoʻllaniladi.