Ural Rahimov (Урал Мортаза улы Рәхимов; 13.12.1961) — Rossiyalik yirik tadbirkor, sobiq deputat[1], „Bashneft“ kompaniyasining sobiq rahbari, milliarder[2]. Boshqirdistonning sobiq Prezidenti Murtazo Rahimovning oʻgʻli[3][4].
2009-yilda “Bashneft” kompaniyasining aksiyalarini boshqa tadbirkor Vladimir Yevtushenkovga sotgan. 2014-yilda mazkur aksiyalarni oʻzlashtirganlikda ayblangan va sirtdan qamoq jazosiga hukm qilingan[5]