Uotergeyt ishi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"UOTERGEYT ISHI" - AQShda "Prezidentni qayta saylash boʻyicha Respublikachilar partiyasi komiteti"ning 1972 y.gi saylov kampaniyasi davridagi gʻayriqonuniy harakatlari bilan bogʻliq voqealar [Demokratlar partiyasining Vashingtonning "Uotergeyt" (Watergate) mehmonxonasidagi qarorgohida eshitib turuvchi qurilmani oʻrnatishga urinishi]ni tekshiruvi. Oq uy mansabdor shaxslari tomonidan qonunchilikning koʻplab buzilishi hollari (saylovchilarni sotib olish, qoʻrqitish, yolgʻon guvohlik berish va boshqalar) ochilgan. Prezident R. Nikson "Uotergeyt ishi" ga aloqadorlikda ayblanishdan va oʻzini javobgarlikka tortilishidan qoʻrqib impichment tartibida 1974 y. avg .da isteʼfoga chiqqan.