Undovlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Undovlar — hishayajon, buyruqxitob, haydash, chaqirish kabi maʼnolarni bildiruvchi, ran boʻlaklari bilan grammatik bogʻlanmaydigan soʻzlar turkumi va shu turkumga oid muayyan soʻzlar. U. asosiy xususiyatlariga koʻra 2 turga boʻlinadi: emotsional (hissiy) U. va buyruqxitob (imperativ) U.

Emotsional U. kishilarning histuygʻusi, ruhiy holatini bildiruvchi U. boʻlib, ular maʼno jihatidan rang-barangdir. Ijobiy emotsional U. matn va ohang bilan bogʻliq ravishda: 1) shafqat, mehribonlik (iye, o, eh); 2) sevinch, zavqlanish, havas (voy, ho, oʻhhoʻ); 3) qoyil qolish, rohatlanish (hayhay, voy, o); 4) mamnuniyat, faxrlanish, xayrixohlik (eha, eh, ehe, oʻhhoʻ, haya, oʻ); 5) undash, ogohlantirish, tasdiq (hayhay, ha) maʼnolarini bildiradi. Salbiy histuygʻularni ifodalovchi U. esa: 1) eʼtiroz, norozilik, shikoyat, zorlanish (qa, ho, voyey, voy, oh, uh, obbo); 2) jirkanish, nafrat, gʻazab, jahl (e, eh, voy, he, ha); 3) achinish, afsuslanish (he, eh, oh); 4) kinoya, kesatiq, piching , koyish (obbo, oha, oʻhhoʻ, hoo, hayhay, hoyhoy); 5) tanbeh, ogohlantirish, kutilmaganlik (e, hayhay, iya); 6) gʻumgʻussa, qaygʻuoʻkinch (eha, oh, eh, voyey, eh); 7) choʻchish, vahima, dahshat (voyey, oh, o, voydod); 8) ajablanish, hayratlanish, ranjish (i, ee, baybaybay, he) kabi maʼnolarni bildiradi.

Tilda rasmodatlar bilan bogʻliq U. ham mavjud boʻlib, ular umumiy holahvol soʻrashish, salomlashish, xayrlashish, ragʻbatlantirish, tashakkur, minnatdorchilik kabi maʼnolarni ifodalaydi. Maye: esonmisiz, omonmisiz, xrrmang , bor boʻling; assalomu alaykum, assalom, salom, xayr, xoʻsh, xoʻp; balli, barakalla, ofarin, qoyil, rahmat, tashakKUR, Qulluq, marhamat va sh.k.

Buyruqxitob (imperativ) U. kishilarga nisbatan ularning diqqatini tortish, ogoxlantirish yoki jonivorlarni biror ishni bajarish yoki bajarmaslikka undash kabi maʼnolarni ifodalash uchun xizmat qiladi: odamlarga qaratilgan U.ning ayrimlari (hoy, hey, ey, allo) kishilar diqqatini soʻzlovchiga kdratish uchun, boshqalari esa (tss, qani, jim, tek) taʼkid, buyurish maʼnolarini ifodalash maqsadida qoʻllanadi; hayvon va jonivorlarga qaratilgan U. ularni toʻxtatish, chaqirish, haydash, tinchitish, biror ishni bajarishga undash maqsadlarida qoʻllanadi (behbeh, pishpish, tutu, kuchkuch, mahmah; dirr, xoʻsh, taq, ish; chu, pisht, kisht, xix, kishkish va sh.k.).

Oʻzbek tilida emotsional U. tarkibiga ham, buyruqxitob U. tarkibiga ham kiritib boʻlmaydigan alohida U. guruhi ham mavjud. Koʻrsatish (hu, huv, hovv), javob, taʼkidni (hahaha, ha, xoʻshxoʻsh, a, labbay) bildiruvchi U. shu jumladandir.

Adabiyot[tahrir]

  • U s mo nov S, Undovlar, T., 1953; Oʻzbek tili grammatikasi, 2j.li, 1j. T., 1975; Hozirgi oʻzbek adabiy tili, l-qism, T., 1980,