Unashtirish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Unashtirish — nikoh toʻyidan oldin yigit va qiz tomonning roziligini rasmiylashtirish uchun oʻtkaziladigan marosim. Oʻzbeklarda unashtirish quyidagi koʻrinishda amalga oshirilgan: belquda — yaqin doʻstbirodarlar oʻz ayollari homiladorligi paytida, hali tugʻilmagan bolalarni bir-biriga atashtirib qoʻyishgan. Goʻdak tugʻilib ulgʻaygach, turmush qurishlari mumkin boʻlgan; beshikkerti (beshikquda, baxshanna, gavrobaxsh, gavrobannon, etak yirtdi, etak chatdi) — beshikda unashtirish. Bunday unashtirish odatlari hozirgi kunda kamdan-kam uchraydi. Amaliyotda balogʻatga yetgan yigit va qiz ikki oila xohish-istagi bilan unashtiriladi. Bunda otaona oʻz oʻgʻillarini uylantirish uchun qatʼiy bir qarorga kelganlaridan soʻng qiznikiga sovchi yuborishadi. Qiz tomon rozilik bersa, ikki yoshning unashtirilganligi munosabati bilan kichik toʻy — fotiha toʻyi oʻtkaziladi. Unashtirilgan qiz "fotihali qiz" deb ham nomlanadi.

(yana qarang Non sindirish).