Umrzoq Ahmedov
Qiyofa
Umrzoq (1887-yil - 1954-yil) — margʻilonlik yogʻoch oʻymakori. Qoʻqon va Margʻilon oʻymakorlarining anʼanalarini rivojlantirdi. Oʻyma bezakli eshik, darvoza va boshqa meʼmoriy qurilmalar ustasi sifatida shuhrat qozondi, „ustoi xudrod“ („mustaqil ishlovchi usta“) laqabini olgan. U loʻla pardoz uslu-bida yogʻochga naqshlar solgan, ilk bor yogʻoch oʻymakorligida qora lok bilan ish-lashni qoʻllagan. A.ning ayrim asarlari Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi va respublika Amaliy sanʼat muzeyida saqlanmoqda.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |