Umrboqiy (qovun navi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Umrboqiy, Umrvoqi — xalq seleksiyasida yaratilgan kechpishar qovun navi. Hozirgi Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik institutida takomillashtirilgan "Umrboqiy 3748" navi chikarilgan (K.I.Pangalo, M. Goldgauzen). Urugʻdan unib chiqqach, 115—130 kundy pishadi. Qovuni tuxumsimon (23—28 sm), ogʻirligi 3–6 kg . Tuyey sariq aralash qoramtiryashil, sirti tekis, meva bandi tomoni yirik toʻr bilan qoplangan. Pusti qattiq. Eti nim yashil, qalinligi 4,5—5,5 sm, tigʻiz, sersuv, shirin. Tarkibida 10—11% qand bor. Palagidan toʻliq pishmay uzib olinadi. Saklash davrida tarkibidagi qand miqdori ortadi. Hosildorligi 300— 350 s/ga. Kelgusi yilning may oyigacha saklash mumkin. 1956 yildan davlat reyestriga kiritilgan. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashkari barcha viloyatlarda ekiladi.