Umid (Yunusobod tumani)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Umid mahallasi (Yunusobod tumani, 16-mavze) — Yunusobod tumanidagi mahalla. Oybek, „Oʻzbekiston mustaqilligi“, „Bobodehqon“ mahallalari bilan chegaradosh. 1980 yildan shu nomda. Aholisi 3597 kishi, asosan,oʻzbeklar, shuningdek, turli millat vakillari yashaydi. Mahalla hududida 2 ta bolalar bogʻchasi, 6 ta doʻkon, 3 ta novvoyxona, choyxona, 3 ta oshxona, 3 ta oziq-ovqat, xoʻjalik doʻkonlari mavjud[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.