Umarali Qodirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Umarali Qodirov
Tavalludi 16-oktyabr 1974-yil (1974-10-16) (49 yosh)
Muzrabot tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi
Taʼlimi Termiz davlat universiteti
Ilmiy darajasi psixologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor

Umarali Doʻstqobilovich Qodirov (1974-yil 16-oktyabr, Muzrabot tumani, Surxondaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, psixologiya fanlari doktori, professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umarali Qodirov 1974-yil 16-oktyabr Muzrabot tumanida oʻqituvchi oilasida tugʻilgan[1][2]. 1991—1996-yilda Termiz davlat universiteti oʻzbek va tojik filologiyasi fakultetini oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. 2015—2016-yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat boshqaruvi akademiyasida tahsil olgan[1]. 1996—1998-yillarda Surxondaryo viloyatidagi 10-maktab internat oʻqituvchisi, 1998—2002-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti aspiranti, 2002—2008-yillarda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti ichki nazorat va monitoring boʻlimi boshligʻi, 2009—2010-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining mas’ul xodimi, 2008—2011-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti, 2012-yilda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti „Pedagogika va psixologiya“ kafedrasi mudiri, 2012—2014-yillarda respublika „Oila“ ilmiy-amaliy markazi yetakchi ilmiy xodimi; 2014—2017-yillarda Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti rektori[2], 2017—2018-yillarda Surxondaryo viloyati hokimligi tashkiliy- nazorat guruhi rahbari, 2018—2022-yillarda Surxondaryo viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori lavozimida ishlagan. 2022-yil 20-iyuldan Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markazi direktoridir[1].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2002-yilda Oʻzbekiston Milliy universitetida „Badiiy ijodiyotda ijtimoiy-psixologik va etnopsixologik muammolar talqini (Abdulla Qodiriy romanlari asosida)“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2020-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetida „Yoshlarni destruktiv gʻoyalar taʼsiridan himoyalashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 200 dan ortiq ilmiy ishlar, 3 ta darslik, 1 ta monografiya, 16 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma muallifi. Xalqaro „Antik dunyo“ — „Antique world“ akademiyasining akademigi, Turon fanlar akademiyasining akademigi va prezidiumi aʼzosi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383 bet. 
  2. 2,0 2,1 „Qodirov Umarali Doʻstqobilovich“.

Andoza:OʻTOE