Umar ibn Abu Rabiʼa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Umar ibn Abi Rabiʼa
arabcha: عمر بن أبي ربيعة
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 644-yil noyabr
Vafoti 712–719-yillar
Dini Islom
Ota-onasi

Umar ibn Abu Rabi’a al-Maxzumiy (arabcha: عمر بن أبي ربيعة) (644-yil noyabr, Makka – 712–719, Makka) – arab shoiri. Toʻliq ismi Abulxattob Umar Ibn Abdulloh Ibn Abi Rabi’a ibn al-Mogʻayra ibn Abdulloh ibn Umar ibn Maxzum ibn al-Murromiy[1]. Makkadagi Quraysh qabilasi Banu Maxzum urugʻining badavlat oilalaridan birida tugʻilgan. Otasining ismi Abdulloh, onasining ismi Asmo binti Muharriba. Umar biograf Ibn Xallikon tomonidan „Quraysh qabilasidan yetishib chiqqan eng yaxshi shoir“ sifatida tavsiflangan[2].

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umar ibn Abu Rabiʼa oʻzining ishqiy sheʼriyati va islom adabiyotida gʻazalning adabiy shaklini yaratuvchilardan biri sifatida tanilgan[3]. Ibn Xallikonning soʻzlariga koʻra, Umarning al-Suraya binti Ali ibn Abdulloh ibn al-Horis ibn Umayya al-Ashgʻar ibn Abdushams ibn Abdumannofga mehri tushgan, u mashhur shoir Qutayla bint an-Nadrning nabirasi boʻlgan. U Suhayl ibn Abdurahmon ibn Avf al-Zuhriga turmushga chiqqan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ibn Khallikanʼs Biographical Dictionary, trans. by Bn Mac Guckin de Slane, Oriental Translation Fund (Series), 57, 4 vols (Paris: Printed for the Oriental translation fund of Great Britain and Ireland, 1842-71), I 372.
  2. Ibn Khallikanʼs Biographical Dictionary, trans. by Bn Mac Guckin de Slane, Oriental Translation Fund (Series), 57, 4 vols (Paris: Printed for the Oriental translation fund of Great Britain and Ireland, 1842-71), I 372.
  3. Bergé, Marc, Les arabes: histoire et civilisation des Arabes et du monde musulman des origines à la chute du royaume de Grenade racontée par les témoins (IXe siècle av. J.-C.-XVe siècle) (The Arabs, history and civilization of the Arabs and of the Muslim world from the beginning to the fall of the Kingdom of Granada, 9th to 15th centuries, as told by witnesses), 1978, p.219