Umar ibn Abdulaziz Abu Amr Keshiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Muhammad ibn Umar ibn Abdulaziz Abu Amr Keshiy- Mashhur imom, faqih va muhaddislardan yana biri Keshda tugʻilgan va koʻplab ilm-maʼrifat rivojlangan markazlarda boʻlib, ilm oʻrgangan. U Abu Amr Keshiy nomi bilan tanilib, IX-X asrlarda yashab, 340/951 yil vafot etgan. Abu Amr Keshiy „Maʼrifatu axbori-r-rijol“ („Kishilar haqidagi ilm“) asari bilan mashhur boʻlgan. Asarda asosan hijriy IV asrda yashagan kishilar, hadis roviylari haqida qisqacha va aniq maʼlumotlar berilgan. „Maʼrifatu axbori-r-rijol“ hadis isnodini aniqlash sohasida muhim ahamiyat kasb etganligi, roviylar haqidagi muhim maʼlumotlarni jamlaganligi, shuningdek, muayyan vaqt muhaddis olimlar orasida dastur vazifasini oʻtaganligi sabab ilm ahli orasida „Rijolu Keshiy“ nomi bilan yuritilgan. Abu Amr Keshiy muhaddis sifatida hadis rivoyat qilish bilan birga fiqh va tarixga oid asarlar ham yozgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Қаранг: Зириклий. Ал-Аълом.