Ulva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ulva (Ulva), dengiz salati — ulvadoshlar oilasiga mansub suvoʻtlar turkumi. Tanasi yaproqsimon, yaxlit ikki qavat hujayralardan tuzilgan. Uzunligi 30—150 sm ga yaqin. 20 turi, asosan, subtropik va moʻʼtadil mintaqalarda tarqalgan. Yaponiya va boshqa baʼzi mamlakatlarda isteʼmol qilinadi.