Ultramikroskop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ultramikroskop (ultra... va mikroskop) — oddiy mikroskop yordamida koʻrib boʻlmaydigan mayda zarralarni koʻrishga xizmat qiladigan optik asbob. U. koʻriladigan obʼyekt (zarralar)ni yoritish usuli bilan oddiy mikroskopdan farq qiladi. Oddiy mikroskoplarda qoʻllaniladigan obʼyektni yoritib kuzatish usuli oʻrniga, bunda qorongʻilashtirilgan maydon usulidan foydalaniladi. U.da obʼyektni yoritish uchun kuchli yorugʻlik manbai va juda katta yorugʻlik kuchiga ega boʻlgan optik tizimlar qoʻllaniladi. Bu usulda tekshirilayotgan obʼyekt (zarralar) nur bevosita kuzatuvchining koʻziga tushmaydigan qilib, yon tomondan juda kuchli yoritiladi. Har bir yoritilgan zarra kuzatuvchiga qorongʻi maydonda oʻzidan yorugʻlik sochib turuvchi yorugʻ nuqta boʻlib koʻrinadi. Turli xildagi U. yordamida turli dispers sistemalarpat zarralarning konsentratsiyasi va harakati aniklanadi.q.). U. yordamida 2YU’9 m gacha kattalikdagi zarralarni oʻrganish mumkin. Dastlabki U. 1903 yilda avstriya olimlari G.Zidentopf (1872—1940) va R. Zigmondi (1865—1929) tomonidan yaratilgan.