Ultrametamorfizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ultrametamorfizm (ultra... va metamorfizm) — migmatitlar hosil boʻlishi kuzatiladigan regional metamorfizm. "U." termini shved geologi P. Xolmkvist tomonidan (1909) kiritilgan. U. natijasida metamorfik jinslar (gneys, piroksenplagioklazli slanets va amfibolitlar) takroriy metamorfizmga uchraydi, 650—800° temperatura va 4—10 kbar litostatik bosimda granitlanish roʻy beradi. Bunda piroksenlar oʻrnini shox aldamchilar, uning oʻrnini esa biotit, plagioklazkaliyli dala shpati, kvars oladi va jinslarning umumiy kimyoviy tarkibi oʻzgaradi. U. jarayonida migmatitlar hosil qiladigan jinslarning granitlanishi anateksis (jinslarning issikdan erishi)ning kuchayishi va ularning uchuvchi komponentlarga toʻyingan nrrdon magma bilan oʻrin almashishi natijasida sodir boʻladi. U. geosinklinal harakatchan zonalar taraqqiyotining orogenik bosqichida uchraydi.