Ultraasosli tof jinslari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ultraasosli tof jinslari, ultrabazitlar, giperbazitlar — asosan, magnezialtemirli silikatlar (olivin va piroksen)dan iborat magmatik togʻ jinslari. Ultraasosli tof jinslarij. tarkibida oz miqdorda ikkilamchi minerallar (xromit, magnezit va boshqalar) hamda kremniy oksidi (SiO2) 30— 44% gacha, Mg esa kup (MgO 42% dan ortiq) boʻladi. Ultraasosli tof jinslarij.da dala shpatlari butunlay boʻlmaydi yoki juda kam. Asosan, rangli — piroksen, olivin yoki rudali minerallar (magnetit)dan tashkil topadi. Ultraasosli tof jinslarij.ning turlari: dunit va olivin, peridot vapiroksenitlar. Olivin yoki piroksenning toʻliq yoki qisman serpentin minerallar (xrizotil, antigorit, lizardit)ga oʻtib, serpentinitlar hosil qilishi Ultraasosli tof jinslarij. uchun xosdir. Ultraasosli tof jinslarij. asosan, gabbro, ishqoriy jinslar va karbonatitlar bilan birga uchraydi. Ultraasosli tof jinslarij. bilan foydali qazilma (platina, xromitli, silikatli, nikelli temir rudalarining hamda asbest, nefrit va boshqalar) konlarining koʻp turlari bogʻliq. Ultraasosli tof jinslarij. kalgan hamma magmatik jinslarga koʻra kam tarqalgan. Effuziv Ultraasosli tof jinslarij. Sibir (maymechitlar) va Kamchatkada topilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Ultraasosli tof jinslari" OʻzME. U-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil