Ulchlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ulchlar, olchlar (oʻzlarini nani, aynan — odamlar deb ataydilar) — Xabarovsk oʻlkasida (Rossiya Federatsiyasi) yashovchi xalq. 3,2 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Ulch tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan, pravoslavlar. Oʻtmishda Ulchlarda animizm, shamanizm keng tarqalgan. Ulchlarning etnogenezida taygadagi tunguslar, qadimgi tub joy aholi va boshqa etnik qatlamlar ishtirok etgan. Anʼanaviy mashgʻulotlari — baliq ovlash.