Uktam Oripovich Oripov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Uktam Oripovich Oripov (1927.3.1, Jizzax shahri — 2001.15.12, Toshkent) — xirurg olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1974), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1958), tibbiyot fanlari doktori (1963), professor (1964). SamTIni tugatgan (1948), shu institut fakultet xirurgiyasi kafedrasida klinik ordinator (1948—50), assistent (1950—56), dotsent (195661), umumiy xirurgiya kafedrasi mudiri (1961—64), Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari (1964—71). Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori va fakultet xirurgiyasi kafedrasi mudiri (1971—84), 1-Toshkent tibbiyot akademiyasi fakultet va gospital xirurgiyasi kafedrasi mudiri (1984—97), 1997 yildan Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Jigar va oʻt yoʻllari xirurgiyasi ilmiy markazi direktori. Ilmiy ishlari murakkab radiatsion jarohatlarning kechish xususiyatlarini, organizmga radiatsion nur taʼsir qilganda shikastlangan periferik nervning oʻsishini tezlashtirish, xi-rurgik kasalliklardagi autoimmun ja-rayonlarning rolini oʻrganishga, jarohatlangan oʻt yoʻlining xirurgiyasi, surunkali glomerulonefritni davolash usullari va xirurgiyaning boshqa dolzarb masalalariga bagʻishlangan. Organlarni koʻchirib oʻtqazish boʻyicha mintaqada tashkil etilgan markaz asoschisi. Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlib odamda buyrakni koʻchirib oʻtqazgan (1972). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1998).

Manbalar[tahrir]

  • Qorin boʻshligʻi organlarining oshigʻich jarrohligi, T., 1991; Umumiy xirurgiya, T., 1994 (hamkorlikda); Texnika nalojeniya jelcheotvodyashix anastomozov mexanicheskim shvom, T., 1999 (hamkorlikda).