Ujjayn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ujjayn — Hindistonning markaziy qismidagi shahar. MadhyaPradesh shtatida. Vindhya togʻining shimoliy etagida joylashgan. Aholisi 365 ming kishidan ziyod (1990-yillaroʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, metallsozlik sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilikda turli buyumlar tayyorlanadi. U. hindularning 7 "muqaddas" shaharidan biri, diniy ziyorat markazlaridan. Shahar mil. av. 7-asrda bunyod etilgan. Qad. hind geograflari shartli Bosh meridianni U. orqali oʻtkazganlar. Shahardan janubida 1730-yilda qurilgan JaySingx rasadxonasi bor.