Ugradagi turish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"UGRADAGI TURISH" - Katta Oʻrda xoni Ahmad bilan ulugʻ knyaz Ivan III Vasilyevich oʻrtasidagi harbiy harakatlar (1480). 1476 y. Ivan III Botuxontʼridan boshlab Oʻrdaga har yili toʻlanadigan oʻlponni toʻlashdan voz kechgan. Ahmadxon Qrim bilan boʻlgan urushda band boʻlganligi sababli faqat 1480 yildagina faol qarakatlar boshlay olgan. U PolshaLitva qiroli Kazimirdan harbiy yordam olishi haqida kelishib olgan. Rus davlatining gʻarbiy chegaralari 1480 y. boshida Livon ordeni hujumlariga duchor boʻlgan. 1480 y. yanvarda Ivan III ga qarshi ukalari Boris va Andrey Kattalar isyon kutarishgan. Bunday vaziyatdan foydalangan Ahmadxon kuzda asosiy kuchlari bilan yurish boshlagan. Rus boyarlari oʻrtasidagi 2 guruh vujudga kelgan, ulardan biri Ivanga krchishni, ikkinchisi esa, Oʻrda bilan kurashishni maslahat qilgan. 1480 y. Ahmadxon Kazimir qoʻshinlari bilan birlashish uchun Oka daryosining irmogʻi — Ugra daryosi boʻyiga kelgan. Uni Ivan III ning oʻgʻli Ivan Kenja va ulug knyazning ukasi Andrey Kichik boshchiligidagi rus qoʻshinlari qarshi olgan. 4 kunlik jangdan soʻng Ahmadxonning Ugrani kechib oʻtish uchun qilgan harakati zoye ketgan. Ahmadxon Kazimirni kutishga qaror qilgan. Ivan III vaqtdan yutish maqsadida Ahmadxon bilan muzokaralar boshlagan. Bu orada Ivan III ning isyonkor ukalari u bilan yarashib, oʻz polklarini olib kelganlar. Ahmad bundan xabar topgan va Kazimirdan darak boʻlmagach, hujumga oʻtishga ikkilanib qolgan. Kazimir ichki nizolarni bartaraf qilish va Qrim bilan kurashda band edi. 11 noyabr

gacha kutgan moʻgʻul qoʻshinlari oziq-ovqat tanqisligi, kasallik epidemiyasini tarqalganligi va kuchli sovuqlar natijasida jan. ga qarab ketgan. 1481 y. 6 yanvarda Ahmadxon Tuman (Tyumen) xoni Iboq bilan toʻqnashuvda oʻldirilgan. Katta Oʻrdada ichki nizolar avj olgan. "Ugradagi turish" Rossiyada moʻgʻullar asoratiga chek qoʻygan. Rus davlati rasman mustaqillikka erishgan.