Ugorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ugorlar — til jihatdan qardosh boʻlgan Ural ortidagi mansilar va xantilar, Dunaydagi vengerlar (madʼyarlar)ning umumlashma nomi. Finugor til guruhiga mansub ugor tillarida soʻzlashadi. 12-asrga oid rus manbalarida vengerlarning ajdodlari "ugra", "ugor", xanti va mansilarni esa, "yugra" deb atalgan. Keyinchalik "yugra" nomi, asosan, xantilarni anglatgan.