Ugleammiakatlar
Qiyofa
Ugleammiakatlar —azotli suyuq oʻgʻit. Rangsiz yoki sargʻimtiryashil suyuqlik, ammiak hidi kelib turadi. Ammoniy karbonat yoki ammoniy karbonat va mochevinani ammiakda eritib olinadi. Tarkibida 18—35% azot (koʻpincha 25—29% atrofida), 12% SO,, 4—7% erkin ammiak bor, zichligi 1,1 — 1,4 g/sm3. U. germetik bekiladigan mustaqkam idishlarda tashiladi va saqlanadi. U.ni barcha qishloq xoʻjaligi ekinlariga ishlatsa boʻladi. Oʻsimliklarni oziqlantirishda mashinalar yordamida 10—12 sm chuqurlikda solinadi, sarf meʼyori 100–200 kg/ga.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |