Ufa platosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ufa platosi — Ufa daryosi havzasidagi plato. RF Boshqirdiston Respublikasi va Perm, Sverdlovsk viloyatlarida. Gʻarbda Sharqiy Yevropa tekisligi qoʻshilib ketadi, sharqiy yon bagʻri tik. Eng baland joyi 517 m. Yer yuzasi sertepa. Asosan, ohaktosh, dolomit, qumtoshlardan tuzilgan boʻlib, karst hodisasi rivojlangan. Qoraqaragʻayqayin oʻrmonlari, jan. keng bargli oʻrmonlar bilan qoplangan.