Hudaychi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Udaychidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Hudaychi, udaychi (arab. — boshqarmoq, yoʻl koʻrsatmoq) — Urta Osiyoda amir yoki xon saroyidagi mansab. H. 2 darajaga boʻlingan: "hudaychiyi dasti rost" ("oʻng qoʻl hudaychi") va "hudaychiyi dasti chap" ("chap qoʻl hudaychi"). Ular oliy hukmdorning oʻng va chap yonida turib, saroyda oʻtkaziladigan turli marosim va tantanalarni boshqargan. 1sining haq-huquqlari 2sinikidan bir oz kengroq boʻlgan. Har ikkisi ham boshqa amaldorlardan farq qilish uchun qizil hassa (aso) tutgan.