Uchtut yodgorligi
Qiyofa
Uchtut yodgorligi— Oʻzbekistonning Navoiy viloyatidagi Navbahor tumani Olchin qishlogʻi yonidagi Qoratogʻning janubiy qiyaligida joylashgan. Yodgorlik 1958-yil arxeolog X.Muhammedov tomonidan topilgan. Uchtut ilk va oʻrta paleolit davriga oid manzilgoh va chaqmoqtosh xom ashyosi qazib olinadigan joy boʻlgan. Bu manzilgohda muste davriga oid tosh qurollari, qoʻpol choʻqmorlar, nukleuslar va boshqa koʻplab qurollar topilgan. Tosh ustaxonalari Zarafshonning qadimgi irmoqlari,Ohangaron daryosi boʻylarida ham mavjudligi aytib oʻtilgan. Ular arxeolog T.Mirsoatov tomonidan oʻrganilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ N. A. Arxeologiya. Toshkent—2011.30-31-bet.