Ubaydulloh ibn al-Imom Abu Bakr Xoharzoda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhaddis

Ism

Ubaydulloh ibn al-Imom Abu Bakr Xoharzoda

Tavalludi

Vafoti

1091-yil

Falsafa maktabi


Ubaydulloh ibn al-Imom Abu Bakr Xoharzoda — (?—1091) — alloma va muhaddis. Hazrat Ubaydulloh ibn al-Imom Abu Bakr Muhammad ibn al-Husayn al-Qudaydiy al-Buxoriy toʻgʻrisida Najmiddin an Nasafiyning „Samarqandiya“, Abdulkarim as Sam’oniyning „Nasabnoma“, Nosiriddin To‘raning „Tuhfat az- zoirin“ va boshqa kitoblarda maʼlumotlar mavjud. Imom Abu Bakr Muhammad faqih, muhaddis, valiyulloh boʻlgan. Bu zoti sharif „Xoharzoda“ nomi bilan mashhur bo‘lgan. Hazrat Imom qozi sifatida ham mashhur boʻlgan. U oʻz ilmini otasi Abu Alidan, shuningdek, Mansur ibn Nasr al-Kog‘aziydan o‘rgangan. Imom Abu Bakr Xoharzodaning eng yetuk shogirdi Abu Amr Usmon ibn Ali al-Paykandiy hisoblanadi. Sam’oniyning yozishicha, Imom Abu Bakr Xoharzoda 1091-yil vafot etgan boʻlib, qabri Buxorodadir[1]. „Samarqandiya“ asarida Imom Abu Bakr Xoharzodadan quyidagi hadis rivoyat qilingan: Barroʻ raziyallohu taolo anhu bunday deydilar: „Abu Bakr Siddiq raziyallohu taolo anhu (uyimizga kelib) otam Ozib raziyallohu taolo anhudan o‘n uch dirhamga egar sotib oldilar. So‘ng Abu Bakr (otam) Ozibga: (o‘g‘lingiz) Barroʻga buyuringiz, egarni uyimgacha ko‘tarib borsin!“ dedilar. Ozib: „Yo‘q, toki Rasullulloh salallohu alayhi va sallam birlan siz ikkalangiz Makkadan (qochib) chiqqaningizda va mushriklar ikkingizni izlashganda ne qilganingizni aytib bermas ekansiz (o‘g‘limga bunday deb buyurmasmen)“, - dedilar. Shunda Abu Bakr as Siddiq raziyallohu taolo anhu bunday deb hikoyat qildilar: "Biz Janob Rasululloh va men ikkalamiz Makkadan chikib, tun bo‘yi va ertasiga quyosh qoq tepamizga kelguncha yo‘l yurdik. So‘ng, men dam olmog‘imiz uchun biror soyali joy bormikin, deb atrofga nazar tashlab edim, bir katta tosh ko‘rindi. Biz ikkimiz o‘sha tosh (xarsang) oldiga borib, to‘xtadik. Keyin, men tosh (xarsang) soyasini ko‘zdan kechirdim-da, soya tushib turgan joyni tekisladim. So‘ng, o‘zim birla olib kelgan po‘stakni Janob Rasulullohga to‘shab berdim. Keyin, men ul zotga: „Yo Rasululloh! Kelingiz, men atrofin kuzatib kelgunimcha yonboshlab turingiz!“ - dedim. Bir mahal qarasam, bir cho‘pon yigit biz boya soyali joy qidirganimiz kabi bir salqin yer axtarib qo‘ylarini haydagancha mazkur xarsang tomon kelayotir. Men unga: „Ey, yigig! Sen kimning cho‘ponisan?“ - dedim. U: „Quraysh qabilasiga mansub bir kishining cho‘poniman“ - deb uning ismini aytdi, men uni tanidim. Keyin, men undan: „Qo‘ylaring ichida suti bor sovlig‘ bormi?“ -deb so‘radim. U: „Ha, bor“ - dedi. Men unga: „Menga bir oz sut sog‘ib berasanmi?“ - dedim. U: „Mayli“ - deb javob qildi. So‘ng, men unga yonimdagi idishni uzatdim, u unga sut sog‘a boshladi. Shunda men unga: „Qo‘yning yelinini changdan tozalagil!“ - dedim, keyin kaftlarini ham qoqib tashlamog‘ini amr etdim. U bir kaftini ikkinchisiga urgach, menga bir oz sut sog‘ib berdi. Men Janob Rasululloh salallohu alayhi va sallam uchun bir meshchaga suv to‘ldirib olib, og‘ziga latta tiqib qo‘ygandim, meshning tagi soviganini sezgunimcha o‘sha suvdan sutga qo‘shaverdim. Keyii sutni Janob Rasululloh salallohu alayhi va sallamga olib bordim. Qarasam, ul zot uygongan ekanlar: „Yo Rasululloh! Manavi sutni ichingiz!“ - dedim. Ul zot uni ichdilar, men bundan mamnun bo‘ldim. So‘ng, men ul zotga: "Yo Rasululloh! Yo‘lga tushmoq vaqti keldi, " - dedim. Biz yo‘lga tushdik, mushriklar esa bizni hanuz taʼqib qilib kelishmoqda edi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Yo'ldoshev N. Buxorodagi ayrim avliyolar tarixi. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1993 — 143 bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291 bet.