Ubaydulla Burhonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ubaydulla Burhonovich Burhonov (1921.2.3 Toshkent 1998.19.2) - aktyor, rejissyor, badiiy soʻz ustasi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1977). Shukur Burhonovnknt ukasi. Oʻrta Osiyo davlat universitetni tugatgan (1946). Oʻzbekiston radioeshittirish davlat qoʻmitasi adabiydramatik eshittirishlar muharriri, rejissyor, bosh muharrir, badiiymusiqali eshittirishlar boshqarmasining boshligʻi (1948—58), Toshkent telestudiyasining bosh muharriri (1958—67), Uzteleradio kompaniyasi raisining oʻrinbosari (1967—85). Koʻplab radiopostanovkalar ("Qutlugʻ qon", "Zaynab va Omon" va boshqalar)ning inssenirovka muallifi. Ssenariychi va rejissyor sifatida "Laylo Sharipova kuylaydi", "Oʻzbek sirki arenasida" kabi televizion filmlar yaratgan. Kinoda Rustamov ("Gullar ochilganda"), Dehqonboy ("Qutlugʻ qon") va boshqa rollarni oʻynagan. Badiiy soʻz ustasi sifatida "Egmont", "Hakim va ajal" kabi asarlarni ijro etgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil