Tyreece Simpson

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Tyreece Simpson
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Tyreece Tyson Nesbett Simpson[1]
Tavallud sanasi 7-fevral 2002-yil (2002-02-07) (22 yosh)
Tavallud joyi Ipswich, Angliya
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Huddersfield Town
Raqami 27
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2018—2019 Ipswich Town
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2019—2022 Ipswich Town 4 (0)
2021—2022Swindon Town (ijara) 25 (9)
2022 Huddersfield Town 0 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 1-sentyabr uchun)

Tyreece Tyson Nesbett Simpson (talaffuzi: Tyreeke Tayson Nesbett Simpson) — angliyalik professional futbolchi. Tyreece Simpson „Huddersfield Town“ futbol klubida hujumchi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ipswich Town[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tyreece Simpson 2018-yilda ikki yillik shartnoma asosida „Ipswich Town“ futbol klubi akademiyasiga qoʻshildi. U klubdagi ilk oʻyinini 2019-yil 3-sentabrda Portman Roadda boʻlib oʻtgan EFL Trophy guruh bosqichidagi oʻyinda „Tottenham Hotspur“ futbol klubining 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilari jamoasi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan uchrashuvda oʻyinning ikkinchi boʻlimida zaxiradan maydonga tushgan holda oʻtkazgan edi[2]. Tyreece Simpson 2020-yilning 29-fevralida Bloomfield Roadda „Blackpool“ futbol klubiga safarda 1:2 hisobida magʻlub boʻlib, ligadagi ilk oʻyinini oʻtkazdi[3]. Tyreece Simpson klub bilan birinchi professional shartnomasini 2020-yilning 2-martida (yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan) 2022-yilning yoziga qadar amal qiladigan ikki yillik shartnoma imzoladi[4].

Swindon Town (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2021-yil 31-iyulda Simpson „Swindon Town“ futbol klubiga mavsumiy ijara shartnomasi asosida qoʻshildi. 2021-yil 28-avgustda Simpson „Mansfield Town“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (1:0) klub uchun birinchi golni urdi[5]. 2022-yil 23-yanvarda Simpson oʻttizta oʻyinda oʻn bir gol urgan holatda asosiy jamoa safiga mavsumiy ijara shartnomasidan chaqirildi[6].

Huddersfield Town[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 1-sentabrda Tyreece Simpson EFL chempionati ishtirokchisi „Huddersfield Town“ futbol klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[7].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Simpson yoshligida regbi bilan shugʻullangan, u Langley maktabi vakili boʻlgan. Shuningdek, Tyreece Simpson Buyuk Yarmouth va tuman atletika klubi vakili sifatida yengil atletika bilan shugʻullangan. 2018-yilning mart oyida Tyreece Simpsonga regbi ittifoqining „Leicester Tigers“ klubi professional shartnoma taklif qilgan, biroq u futboldagi faoliyatini davom ettirishi uchun bu taklifni rad etgan[8].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Boʻlim Liga Angliya kubogi EFL kubogi Boshqa Jami
Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Ipswich Town 2019—2020 Birinchi liga 3 0 0 0 0 0 1 0 4 0
2020—2021 Birinchi liga 1 0 0 0 0 0 2 0 3 0
2021—2022 Birinchi liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 4 0 0 0 0 0 3 0 7 0
Swindon Town (ijara) 2021—2022 Ikkinchi liga 25 9 3 2 1 0 1 0 30 11
Jami 29 9 3 2 1 0 4 0 37 11

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Club list of registered players: As at 1st September 2022: Manchester City“ (23-iyun 2020-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2020-yil.
  2. „Ipswich Town vs. Tottenham Hotspur U21 2 - 1“. Soccerway (2019-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 29-fevral 2020-yil.
  3. „Blackpool 2-1 Ipswich Town“. BBC Sport (29-fevral 2020-yil).
  4. „Simpson Signs Pro Deal“. Ipswich Town F.C. (2-mart 2020-yil). Qaraldi: 2-mart 2020-yil.
  5. „TYREECE SIMPSON SIGNS ON LOAN“. Swindon Town F.C. (31-iyul 2021-yil). Qaraldi: 31-iyul 2021-yil.
  6. „Swindon Town 1–1 Bristol Rovers“. BBC Sport (22-yanvar 2022-yil). Qaraldi: 23-yanvar 2022-yil.
  7. „SIGNING: TYREECE SIMPSON JOINS FROM IPSWICH TOWN!“. Huddersfield Town AFC (1-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 1-sentabr 2022-yil.
  8. „Twickenham, athletics tracks and park pitches - Tyreece Simpson's unusual journey to the Ipswich Town first team“. East Anglian Daily Times (6-mart 2020-yil). Qaraldi: 6-mart 2020-yil.