Tyanshanit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tyanshanit (Tyanshan togʻlari nomi bilan atalgan) — mineral. 1967 yilda topilgan. Kimyoviy tarkibi Na2BaMn TiB2Si6O20. Qattikligi 6—6,5, zichligi 3,3 g/sm3. Moʻrt. Geksagonal singoniyada kristallanadi. Notoʻgʻri shakldagi yirik (5x6 sm) kristallar holida boʻladi. Rangi yashil, shishadek yaltiroq. T. ishkrrli siyenit uyumini kesib oʻtgan pegmatit tomirida piroxlor, astrofillit, bafertisit, danburit, batolit, galenit, sfen, kaltsiy bilan birga uchraydi.