Tuyaquyruq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tuyaquyruq (Carduus albidus MB.) — murakkabguldoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi yakka, tik usadi, chochoq, sershox, poyasining yuqorigi shoxlari kalin, oq tuklar bilan krplangan, boʻyi 15—60 sm. Barglari etli, keng nashtarsimon va patsimont shapaloq, tikanli, bandsiz. Gullar toʻq qizil, chochoq, savatsimon toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi urugʻcha. May — iyulgacha gullaydi va mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. 10—25° haroratda urugʻi unib chiqadi. Ildizi oʻq ildiz. Oʻzbekistonning barcha hududida, jumladan, Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan. Gʻoʻza, beda, don va boshqa barcha ekinlar orasida uchraydi. Quriq, tashlandiq yerlarda, sugʻorish shoxobchalari yaqinida, yoʻl yoqalarida, bogʻ va tokzorlarda oʻsadi.

Kurash choralari: bedani T. urugʻi yetilguncha oʻrib olish; gʻalla ekinlariga 2,4D tipidagi gerbitsidlar purkash.