Tursunboy Yeshchanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tursunboy Boyjanovich Yeshchanov (1940.5.5, Kegayli tumani) — terapevt, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1995), Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sogʻliqni saqlash xodimi (1994). Tibbiyot fanlari doktori (1984). SamTIni tugatgan (1965). Oʻzbekiston dermatologiya va venerologiya ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpogʻiston filiali (1972—85), Qoraqalpogʻiston Klinik va eksperimental tibbiyot ilmiy tadqiqot instituti direktori (1987—90; 1998-yildan), Qoraqalpogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri (1990—97), 1997-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse prezidenta, akademiyaning Qoraqalpogʻiston boʻlimi Prezidiumi raisi, Qoraqalpogʻiston davlat universiteti farmakologiya, klinik farmakologiya va patologik fiziologiya kafedrasi mudiri. Ye.ning ilmiy asarlari allergik kasalliklarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi va davosiga bagʻishlangan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil