Turoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turoq — boʻgʻinlarning misralar boʻyicha takrorlanib kelgan muayyan boʻlagi. T. sillabotonik sheʼr tizimida urgʻuli va urgʻusiz boʻgʻinlarning sheʼr oʻlchovini belgilaydi. Barmoqtizimida sheʼr misralaridagi ritmik boʻlak hisoblanadi, sheʼrning ritmini, musiqiyligini vujudga keltiradi. T.lar aruzda rukn deb yuritiladi; ruknlar hijolarning miqdori va sifatiga qarab xarakterlanadi. Sheʼriy misralar ikki, uch va undan ortiq T.dan tashkil boʻladi. Barmoq vazni sheʼrlaridagi xar bir misrada 2—3 T., har bir T.da 2—3—4 va undan ortiq boʻgʻin boʻladi.

T.lar misrada 2 katta guruhga boʻlinib keladi, buning natijasida bosh T. paydo boʻladi. Quyidagi misolda bosh T. 2 chiziq bilan koʻrsatilgan:Dare toʻlqin, Gʻ suvlar toshqin oʻtolmayman, Otim oriq, manzilimga yetolmayman. Otginamni/oriq qilgan — shu mayda tosh, Rangginamni/sariq qilgan—shu qalam qosh. (Oʻzbek xalq qoʻshigʻi).