Kontent qismiga oʻtish

Turkiya Ayollar Milliy Voleybol Terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turkiya Ayollar Milliy Voleybol Terma jamoasi Turkiya voleybol federatsiyasi tomonidan boshqariladi va xalqaro musobaqalarda Turkiya sharafini himoya qiladi. 2023-yil 16-iyul holatiga ko‘ra terma jamoa FIVB jahon reytingida birinchi o‘rinni egallagan[1].

2003-yilda ayollar voleybol bo‘yicha Yevropa chempionatida 2-o‘rinni egalladi va o‘shandan buyon jamoa Turkiyada "Tarmoq Sultonlari" deb ataladi. Bu nom jamoaga chempionatni yoritgan TRT telekanali xodimlari tomonidan berilgan[2].

Jamoa 2011-yil ayollar o‘rtasida voleybol bo‘yicha Yevropa chempionatida 3-o‘rinni egallagan, 2015-2023-yillarda ketma-ket 5 marta yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan, 2015-yil 4-o‘rinni, 2017-yilda 3-o‘rinni, 2019-yilda 2-o‘rinni, 2021-yilda 3-o‘rinni va 2023-yilda 3-o‘rinni egallagan.

Tarmoq Sultonlari 2023-yilda jami 3 ta kubokni qo‘lga kiritdi. Bular Millatlar ligasi chempionati kubogi, Yevropa chempionati kubogi va Jahon chempionati kuboklaridir. Tarmoq Sultonlari mamlakat terma jamoalari o‘rtasidagi eng yaxshi natija qayd etgan.

2009-yilgi Yevropa Chempionatidan

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiya ayollar terma jamoasi birinchi xalqaro o‘yinini 1957-yil Xalqaro Istanbul turnirida boshlagan. Jamoa birinchi g‘alabasini 1961-yil 22-iyulda G‘arbiy Germaniyaga qarshi o‘yinda 3:2 hisobida qo‘lga kiritgan.

1963-yil Ruminiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionati milliy terma jamoa uchun birinchi Yevropa chempionati edi. Ular bu musobaqada qatnashgan 13 ta jamoa o‘rtasida 10- o‘rinni egallagan.

Navbatdagi chempionat 1967-yil Turkiyada bo‘lib o‘tgan. Ushbu musobaqada 15 ta jamoa qatnashadi va ular orasida Turkiya terma jamoasi 12-o‘rinni egallagan. Jamoaning birinchi g‘alabasi 2003-yil Turkiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa ayollar voleyboli chempionatida ikkinchi o‘rinni egallashi bo‘lgan.

Turkiya milliy terma jamoasi 2006-yili ilk bor Jahon chempionatida qatnashgan va chempionatni 10-o‘rinda yakunlagan. Ushbu chempionat Yaponiyada bo‘lgan edi. Bu o‘yinda Italiya bilan bellashgan Turkiya terma jamoasi Mustafo Kamol Otaturkga hurmat bajo keltirish uchun taym-aut oldi va bu ishi bilan tarixga kirgan[3].

Jamoa ilk bor 2008-yilda FIVB Jahon Gran-pri chempionatida ishtirok etib 7-o‘rinni egallagan.  2010-yilda jamoa o‘z tarixidagi eng yuqori natijaga erishgan holda Jahon chempionatini 6-o‘rinda yakunlagan.

Terma jamoa 10-marta qatnashgan 2011-yilgi Yevropa voleybol chempionatida 3-o‘rinni egallagan. 2012-yilda Xitoydagi Gran-prida bronza medalini qo‘lga kiritishgan[4].

2017-yilda Ayollar voleyboli bo‘yicha Yevropa chempionatida uchinchi, 2019-yilda esa ikkinchi bo‘lgan. Turkiya Milliy terma jamoasi 2020-yilgi Olimpiadada yana qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 2020-yilgi Tokio Olimpiadasida jamoa chorak finalda imkoniyatni Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berib, 5-o‘rinni egallagan[5].

2023-yilda AQShning Texas shtati Arlington shahrida bo‘lib o‘tgan Millatlar ligasi final o‘yinida Xitoyni 3:1 hisobida mag‘lub etib ilk bor Millatlar Ligasi chempioniga aylandi[6].

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „FIVB Women's Volleyball World Ranking“. 1-fevral 2023-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  2. „Filenin Sultanlarının Hikayesi Yalı Spor Blog“. 21-sentabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  3. „Japonya'da Filenin Sultanları'dan 9'u 5 geçe Atatürk molası! Tarihe geçen anlar“. 6-sentabr 2023-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  4. [ttps://www.ntvspor.net/voleybol/voleybolda-2012-579e44edc873cc20ac3bae4f „VOLEYBOLDA 2012“]. 22 -avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22 -avgust 2021-yil.
  5. „Filenin Sultanları Tokyo 2020'de beşinci oldu“. 6-sentabr 2023-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.
  6. BBC News. „'Filenin Sultanları' Milletler Ligi'nde şampiyon“. 6-sentabr 2023-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-sentabr 2023-yil.