Turkiston xalq konservatoriyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turkiston xalq konservatoriyasi — Oʻrta Osiyoda birinchi musiqa oʻquv yurti. 1918-yil Toshkentdagi Turkiston xalq universiteti qoshida tashkil topgan (tashkilotchisi Ye.Chernyavskiy, direktor V.Karelin). Fortepiano, skripka, xonandalik kabi ixtisosliklar boʻyicha boshlangʻich taʼlim berilgan. 1919-yil uning Eski shahar boʻlimi ochilgan (V.Uspenskiy). Faoliyati yoshlarga musiqa oʻrgatish bilan birga konsertijrochilik, targʻibot ishlari bilan bogʻliqboʻlgan. Turkiston xalq konservatoriyasik.ga oʻxshash keyinchalik Buxoro, Samarqand, Fargʻona xalq konservatoriyalari ochilgan. Bular negizida 1920-yillar oʻrtasida musiqa bilim yurtlari tashkil topgan.