Turkiston-press

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"TURKISTON-PRESS" - nodavlat axborot agentligi; yopiq aksiyadorlik jamiyati. Agentlikka hukumatga qarashli boʻlmagan ommaviy axborot vositalari, davlat va nodavlat tashkilotlaridan iborat tashabbuskor gurux, tomonidan 1998 y. 25 sent.da asos solingan. Respublika "Matbuot tarkatuvchi" jamiyati, Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratiyalashtirish va qoʻllab quvvatlash ijtimoiysiyosiy jamgʻarmasi (hozirgi Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi), "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniyasi, "Oʻzbekneftgaz" milliy xolding kompaniyasi va boshqa tashkilotlar tomonidan taʼsis etilgan.

"Turkiston-press" ilk nodavlat axborot agentligi sifatida mamlakat ijtimoiysiyosiy hayotida demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, ommaviy axborot vositalari imkoniyatlarini kengaytirish va erkinligini taʼminlash, ularni bozor iqtisodiyoti hamda demokratik tamoyillar asosida isloh etishni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan. Shuningdek, agentlik respublika hayoti haqidagi xolis axborotlarni dunyoga tezkor tarqatish tizimini yaratish, Oʻzbekiston fuqarolarining xalqaro hayotga daxldor axborotlarga boʻlgan ehtiyojini yanada toʻla qondirishni koʻzda tutadi.

Agentlik tomonidan 30 dan ziyod diplomatik korpus hamda xalqaro tashkilotlar, shuningdek, Oʻzbekistondagi yirik kompaniyalar uchun haftalik xabarnomalar tayyorlanadi. Bundan tashqari, agentlik oʻz muxbirlari tomonidan tayyorlanayotgan axborotlarni xalqaro miqyosda tarqatishni ham yoʻlga qoʻygan. Agentlik Oʻzbekistonning barcha mintaqalarida oʻz muxbirlariga ega. 2000 yildan agentlik oʻz nashri — "Mohiyat" gaz.ni chop eta boshladi. Shuningdek, uning tarkibida "Turkistonpoligraf" korxonasi ham faoliyat koʻrsatadi.