Turkestanskiye vedomosti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"TURKESTANSKIYE VEDOMOSTI" ("Turkiston vedomostlari") — Turkistondagi ilk davriy matbuot, rus istilochilari tomonidan tashkil etilgan dastlabki gaz. Turkiston generalgubernatori Kaufman tomonidan chop etilgan. 1870 yildan Toshkentda (1872 y. iyul — 1873 y. fevralda Peterburgda) rus tilida nashr qilingan. Dastlab gaz. bir maromda chiqmagan. 1870 yilda fakat 17 ta soni chop etilgan. Keyingi yildan boshlab haftasiga 1 marta, 1903 yildan oyiga 3—4 marta, 1907 yildan kundalik gaz. sifatida chiqa boshlagan. Gaz.ning 6406 soni bosilgan. "Turkestanskiye vedomosti" faoliyatiga bevosita generalgubernator xizmatidagi harbiylar rahbarlik qilishgan. Piyoda qoʻshinlar ofitseri N.A.Mayev 1892 yilga qadar muharrir boʻlgan.

"Turkestanskiye vedomosti" podsho Rossiyasi hukumatining Turkistondagi mavqeini mustahkamlashga, oʻlkada chorizm siyosatini oʻtkazishga, mahalliy aholini chor hukmdorlari va amaldorlariga itoatgoʻylik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan. Gaz.da, asosan, Turkiston generalgubernatorligining buyruk, va farmonlari, turli xil rasmiy maʼlumotlar bosilgan. Shuningdek, oʻlka tarixi, xoʻjaligi, tabiati va bu yerda yashovchi xalklarning etnografiyasi, folklori, adabiyoti, urfodatlariga doyr qiziqarli materiallar ham berib borilgan. Mazkur materiallar oʻlka xalq xoʻjaligi va madaniyati tarixini oʻrganishda muhim manba hisoblanadi. Gaz.da oʻlka hayotining barcha jabhalarini yorituvchi "Ichki xabarlar", "Xabar va yangiliklar", "Mahalliy xronika", "SanktPeterburg" boʻlimlari faoliyat koʻrsatgan.

"Turkestanskiye vedomosti"da V.V.Bartold, L.S.Berg (1876—1950), N. A. Seversev (1827— 85), A. N. Fedchenko (1844—73), I.V. Mushketov (1850—1902), V.F.Oshanin (1844—1917) kabi mashhur olimlar, sharqshunoslar hamkorlik qilishgan. Mazkur olimlarning faol ishtirokida gaz.ning publitsistik ruhi kuchaygan. Gaz.da mahalliy xalq vakillari ham ishtirok etgan. Jumladan, Sattorxon Abdugʻafforovning Qoʻqon xonligidagi ahvol xususidagi ocherki gaz. muxlislarini jalb etgan. Gaz. oʻlka hayotidagi koʻplab salbiy holatlarni koʻrsatmaslikka harakat qilgan.

Gaz.ning Moskva, Peterburg , Vladivostok va boshqa shaharlarda doimiy muxbirlari boʻlgan. Dastlab "Turkiston viloyatining gazeti" ushbu gaz.ga ilova tarzida chiqarilgan. Gaz. faoliyati Turkiston XKS ning 1917 y. 15 dek. dagi qaroriga muvofiq toʻxtatilgan (soʻnggi soni 1917 y. 15 dek.da bosilgan). Dastlabki davrda gaz. 100 nusxa, 1909 yildan esa 853 nusxadan iborat boʻlgan.

Ad..Avsharova M . N ., 18701917 yillarda Turkiston rus vaqtli matbuoti, T., 1959; Ernazarov T.E.,Turkistondavaqtli matbuot (18701924), T., 1959; Ernazarov T.E., Akbarov A. I ., Istoriya pechati Turkestana, T., 1976; Abduazizova N., Turkiston matbuoti tarixi (1870—1917), T., 2000.

Norali Ochilov.