Turing testi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tyuring testi - ilk bor Alan Tyuring tomonidan „Mind“ jurnalida 1950 -yilda „Hisoblash mashinalari va oʻy“ nomli maqolada ilk bor tilga olingan emperik test. Tyuring mashina ham oʻylashini isbotlashga harakat qiladi.

Ushbu testning odatiy talqini quyidagicha: „Inson bir kishi va bir inson bilan muloqot qila oladi. Savollarga berilgan javoblarga asoslanib, u kim bilan gaplashayotganini aniqlashi kerak: odam yoki kompyuter dasturi. Kompyuter dasturining maqsadi esa odamni notoʻgʻri tanlov qilishga undash“

Qoidalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Test qatnashchilari bir-birlarini koʻrmaydilar. Agar qatnashchi suhbatdoshlarning qaysi biri inson ekanini aniq ayta olmasa, dastur sinovdan oʻtgan hisoblanadi. Dasturni aynan intellekt tomonidan sinash uchun undagi gapirish qobiliyati bilan emas, klaviatura va ekran orqali test qilinadi[1]. Qatnashchi javobning qanchalik tez yoki sekin kelishidan dasturni sezib qolmasligi uchun suhbat nazorat qilinadigan vaqt oraligʻida oʻtkaziladi. Tyuring davrida kompyuterlar insonga nisbatan sekin reaksiya bildirgan. Ammo bu qoida hozir ham aktual, chunki hozir kompyuterlarning reaksiyasi insonlarnikiga nisbatan tezroq[2].

Qo'shimcha ma'lumotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1.Turing testi sun'iy intellekt tomonidan olib boriladigan hozirgi eng mashhur va bahsli sinovlaridan biridir. 2.Bugungi kunda Turing sinovdan bir necha kompyuter dasturlari o‘tdi, ammo hali hech bir dastur ishonchli tarzda sinovdan o‘tmagan. 3.Tyuring testi hali ham mashina intellektining haqiqiy sinovi hisoblanadi lekin testning cheklovlari borligi ham tan olinadi. 4.Tyuring testi mashina intellektining qiyin va muhim sinovidir. Bu hali to'liq sinovdan o'tmagan, ammo bu sun'iy intellekt sohasidagi tadqiqotchilarni yanada o'zlarining ustida ishlashga majbur qilayotgan sinovlardan biridir.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Turing test“, Wikipedia (inglizcha), 2024-04-05, qaraldi: 2024-04-11
  2. von Neumann, John (1988-04-07), „(1958) John von Neumann, The Computer and the Brain, New Haven: Yale University Press, pp. 66-82“, Neurocomputing, Volume 1, The MIT Press, 83–88-bet, ISBN 978-0-262-26713-7, qaraldi: 2024-04-11