Turdixon Sattorova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Turdixon Sattorova
Tavalludi 1925-yil
Olimbek qishlogʻi, Baliqchi tumani, Andijon viloyati
Vafoti nomaʼlum
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi Qishloq xoʻjaligi xodimi, paxtakor
Unvoni
Mukofotlari

Turdixon Sattorova (1925-yil, Baliqchi tumani, Andijon viloyati — ?) — paxtakor, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971), KPSS aʼzosi (1960)[1].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turdixon Sattorova 1925-yil Baliqchi tumani Olimbek qishlogʻida tavallud topgan. Sattorova Baliqchi tumanidagi „Paxtakor“ kolxozida kolxozchi (1940—1945), zveno boshligʻi (1945—1951), 1952-yildan brigadir boʻlib ishlagan. Sattorova boshliq brigadada 80 gektar maydonning har gektaridan 45,4 sentner (1968), 51,4 sentner (85 gektar, 1970) paxta yetishtirilgan. 8-chaqiriq SSSR Oliy Soveti (1970—1974) va 5-chaqiriq Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputati (1959—1962). Oʻzbekiston KP 17-syezdi delegati. 2 marta Lenin ordeni bilan taqdirlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzSE 1977, s. 540

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, IX tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1977 — 656 bet.