Turdi Nodirov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Turdi Nodirov (1936.5.10, Toshkent) — kinorej.-operator. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1973). Moskva kinematografiya institutini tugatgan (1959). "Oʻzbekfilm"da operator (1959—61), Oʻzbekiston ilmiyommabop va hujjatli filmlar kinostudiyasida rejissyor-operator (1961—86), direktor (1976—86). 1989—2002 yillar "Oʻzbekiston videomarkazi" da rejissyoroperator, 2002 yildan Oʻzbekiston kino arboblari birlashmasi raisining birinchi oʻrinbosari. Ijodiy faoliyatini 1959 yil "Mahallada duv-duv ran" filmiga ope-ratorlik qilishdan boshlagan. "Zangori olov kishilari" hujjatli filmi (1960) N.ning hujjatli kinodagi birinchi ishidir. U oʻz ijodi davomida 130 dan ortiq ilmiy-ommabop va hujjatli filmlar yaratdi ("Salom, bahor", "Oltin toʻy", "Tojixon bilan uchrashuv", "Askiya", "Registon", "Oʻn uch qaldirgʻoch", "Kanadada sakkiz kun", "Oltin Bengaliya", "Xalq oʻyinlari" va boshqalar). Operatorga xos kuzatuvchanlik, voqelikka ijodiy yondashuv, hozirjavoblik, lavhadagi har bir epizodni tez ilgʻab olish, suratga olish jarayonida improvizatsiya bilan ishlash N, ijodiga xosdir. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1975).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil