Tura (qalqon)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tura, turo, toʻro (qad. turkcha — turmoq) — odam boʻyicha keladigan qalqon, sipar. "T." atamasi ilk bor Maxmud Koshgʻariyning "Devonu lugotit turk" asarida qoʻllanilgan. Temuriylar, Shayboniylar qoʻshinida keng qoʻllanishda boʻlgan. Askarlar T.ni oldilarida ushlab, uning panohida dushmanni kamon yoki miltiqsan oʻqqa tutganlar. Qoʻrgʻon yoki qalʼalarni olihda T. ayniqsa qoʻl kelgan. Jangchilar T. bilan himoyalangan holda shotilar orqali devorga chiqib gʻanimga zarba bergan. Aksariyat undan piyodalar foydalangan.